📞✉️
FlagEmblem
Bo‘limlar
Fakultetlar
Bog‘lanish
Tilni tanlang

Kelajak uchun start

Tadbirkorlik loyihalarini kengaytirish uchun katta hajmdagi kredit dasturi

Kelajak uchun start

Ushbu dastur yuridik shaxs tashkil etgan yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yurituvchi bitiruvchilarning biznes loyihalarini moliyalashtirishga qaratilgan.

300 million so'mgacha kredit va uzoq muddatli imtiyozli shartlar

Dastur mavjud biznesni rivojlantirish va yangi yo'nalishlarni ochish imkoniyatini beradi.

Kredit Parametrlari

Kredit maqsadi

Oliy ta'lim tashkilotlari bitiruvchi bosqich talabalarining tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish

Kredit oluvchi

Yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tashkil etgan bitiruvchilar

  • Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yurituvchi oliy ta'lim tashkilotlarining bitiruvchi talabalari
  • Ta'sischisi yoki korxona rahbari oliy ta'lim tashkiloti bitiruvchi talabasi bo'lgan yuridik shaxslar

Kredit muddati

Asosiy vosita yoki aylanma mablag' uchun

  • Asosiy vosita sotib olish uchun 84 oygacha
  • Aylanma mablag'ni to'ldirish uchun 36 oygacha

Foiz stavkasi

Markaziy bankning asosiy stavkasi + 4%

Kredit summasi

300 million so'mgacha

Imtiyozli davr

Kredit turiga qarab

  • Asosiy vosita sotib olish uchun 24 oygacha
  • Aylanma mablag'ni to'ldirish uchun 6 oygacha