Universitet haqida


TOSHKENT IQTISODIYOT VA TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Bugungi kunda yoshlarimizning bilim olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish, o’quv binolari qurish, ularni zamonaviy jihozlash mumkin. Lekin farzandlarimizga yuksak mezonlar asosida ta’lim-tarbiya beradigan, yangicha, innovatsion  fikrlaydigan zamonaviy kadrlar tayyorlash oldimizga qo’yilgan maqsadimizdir.

Dunyo bo’ylab ta’lim yo’nalishlari juda ham ko’p. Xar bir ta’lim yo’nalishlari muhim axamiyatga ega. Iqisodiyot va iqtisodiyotga yo’naltirilgan axborot texnologiyalari yo’nalishlari mamlakat rivojlanishida o’z hissasini qo’shish bilan bir qatorda hududlar rivoji uchun zamonaviy kadrlar tayyorlashda muhim omil bo’lib hizmat qiladi.

 

USHBU UNIVERSITET NEGA TASHKIL ETILDI?

Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxasislar tayyorlash sifatini oshirish bo’yicha oliy ta’lim sohasida davlat- xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, investitsiyalarni jalb qilgan holda nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallari faoliyatini tashkil etish orqali oliy ta’limda raqobat muhitini yaratish kabi tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.

Ilmiy- tadqiqot va ta’lim xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha xususiy sektorning salmog’ini kengaytirish, hududlarda nodavlat ta’lim tashkilotlarini tashkil etish orqali raqobat muhitini shakllantirish, ta’lim soxasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlaridan biri sifatida belgilangan.